<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Hudoi Olqishlay (anʼanaviy)</title>
<lyrics>[V1]
 Tongni qarshi olganim
 Sovgʻadir bu Xudodan.
 Demak bugun tirikman
 Baxramandman ziyodan.
 Umr berib, rizq berib
 Qoʻymagan hech duodan
 Xudoyim olqishlayman
 Umrimni bagʻishlayman.

[V2]
 Har bir inson ustida Uning rejasi buyuk,
 Magʻrurlarga U qarshi
 Kamtarlar Unga suyuk.
 Rabbim Iso orqali
 Qolmadi yelkamda &quot;yuk&quot;
 Xudoyim olqishlayman
 Umrimni bagʻishlayman.

[V3]
 Sev deb aytmang endi hech
 Menga hamma yoqadi.
 Dushmanimni oʻylasam
 Tilga duo qalqadi.
 Axir gunohkor edim
 Xudovand yorliqadi
 Xudoyim olqishlayman
 Yuragim bagʻishlayman.

[V4]
 Solih boʻlish uchun hech
 Odamda imkon yoʻqdir,
 Xudo rizq bergani-chun
 Qushning ham qorni
 toʻqdir
 Xudo Sevgi boʻlmasa
 Zaminda hayot yoʻqdir
 Xudoyim olqishlayman
 Qalbimni bagʻishlayman.

[V5]
 Ozod yashashchun bugun
 Xudoni Oʻgʻli kerak,
 Xudoni bilmoq uchun
 Xudoni Oʻgʻli kerak.
 Imon bilan gar aytsang
 Ishonsa chindan yurak
 Xudoni olqishlayman
 Umrimni bagʻishlayman.</lyrics>
<author>Ravshan Xizirov</author>
</song>